Qozog‘istonda Yelbasi akademiyasi tashkil etiladi 

Jahon 22:46 / 14.08.2019 7792

Qozog‘istonda Yelbasi akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev matbuot kotibi Aydos Ukibayga iqtibos keltirgan holda Kazpravda.kz nashri xabar berdi. 

“Birinchi prezident jamg‘armasida vazifalarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirish maqsadida maxsus tashkilot “Yelbasi akademiyasi” tashkil etiladi, u “El үmіtі” yangi tashabbusini amalga oshirishni boshqaruvchi operator bo‘ladi”, deb yozgan Ukibay tvitterda.

Birinchi prezident jamg‘armasida ma'lum qilinishicha, “El үmіtі” (El umidi) tashabbusining vazifasi iste'dodli bolalar va yoshlarni izlash va qo‘llab-quvvatlashda ko‘mak ko‘rsatishdan iborat.

Har bir viloyatda iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek iste'dodlar va yetakchilar hamjamiyatini yaratish, qishloqda yashovchi bolalarni intellektual rivojlantirish dasturi “Myң bala”ni amalga oshirish rejalashtirilgan. 

2 yil ichida turli yo‘nalishlar – fan, iqtisodiyot, media, madaniyat, sport va boshqa sohalarda 500 yosh yetakchidan iborat pul shakllantirish mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: