O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarni yangiladi.
1 avgust holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 27,72 mlrd dollarni tashkil qildi. Undan 12,28 mlrd dollari chet el valutasidagi zaxiralar bo‘lsa, 15,08 mlrd dollari oltindir. Umumiy zaxiralar hajmi bir oy davomida deyarli o‘zgarmadi.
Biroq, zaxiralardagi oltin miqdori o‘zgardi - avgustda u 326 tonnani tashkil etdi.