Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahbuslar ilk marotaba Haj amalini ado qilishdi

Foto: AFP / F. Belaid
Saudiya Arabistoni qamoqxonalarining bir guruh mahbuslari tarixda ilk marotaba Makka va Madina shaharlarida Haj amalini bajardilar, deb yozadi «Islam i semya».
Saudiya Arabistoni qirolligining jazoni ijro etish muassasalari boshqarmasi vakili xabariga ko‘ra, 50 nafar mahbus muqaddas Makka shahrida Haj amalining bir qismi hisoblanmish «shaytonni toshbo‘ron qilish» marosimida ishtirok etishdi.
Mahbus-hojilar boshqa musulmonlardan hech qanday farq qilishmadi. Ularning hammasi an'anaviy ehromga o‘ralgan holda amallarni bajarishdi. Bundan tashqari, ularni soqchilar qo‘riqlamadi, balki 30dan ortiq qarindoshi kuzatib borishdi.
Dasturdan asosiy maqsad «qamoq muddati tugashidan oldin mahbuslarni kundalik hayotga qaytishini tezlashtirish va ijtimoiylashtirish» ekani ma'lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, Haj bugun, 14 avgust kuni yakuniga yetdi.
Qayd qilinishicha, Haj amalini ado qilib bo‘lgach, mahbuslar qamoqxonaga qaytdilar. Saudiya Arabistoni qirolligining jazoni ijro etish muassasalari boshqarmasi bunday amaliyotdan keyingi Haj mavsumida ham foydalanishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu yil 2,5 millionga yaqin musulmonlar Haj amalini ado qilishdi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
Mavzuga oid

12:09 / 01.07.2025
Haj mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

20:07 / 12.06.2025
Haj ziyoratini ado etgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

20:31 / 31.05.2025