O‘zbekiston | 20:07 / 12.06.2025
3400
1 daqiqa o‘qiladi

Haj ziyoratini ado etgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Toshkentga qaytdi

12-30 iyun kunlari 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, 15150 nafar ziyoratchi Haj safaridan qaytadi.

Foto: Uzbekistan Airways

Sahnida 245 nafar ziyoratchi bo‘lgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Jiddadan uchib kelgan samolyoti 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, ziyoratchilarni poytaxt aeroportida yaqinlari kutib oldi.

Qayd qilinishicha, 12-30 iyun kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus shaharlariga jami 62 ta reys rejalashtirilgan bo‘lib, 15150 nafar ziyoratchi Haj safaridan qaytadi.

Mavzuga oid