Toyota pedallarni adashtirib yuboradigan haydovchilar uchun xavfsizlik texnologiyasi ishlab chiqdi

Fan-texnika 00:59 / 13.08.2019 9840

Toyota gaz va tormoz pedallarini adashtirib yuboradigan haydovchilarni straxovka qiladigan faol xavfsizlik texnologiyasini ishlab chiqdi. Quvvatni bostirish yangi funksiyasi yo‘lda piyoda yoki velosipedchini aniqlasa, keskin ravishda tezlashishga imkon bermaydi. Himoya tizimi qo‘shimcha funksiya sifatida taklif etiladi va 70 yoshdan oshgan haydovchilar uchun tavsiya etilgan.

Faol xavfsizlikning yangi yordamchisi yil oxiriga kelib seriyali avtomobillarda paydo bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi navbatda qo‘shimcha himoya bilan yoshi katta haydovchilar orasida ommalashgan Prius va Aqua gibridlari jihozlanadi. Biroq mashina egasi istagiga ko‘ra, funksiyani sotib olingan har qanday zamonaviy avtomobilga o‘rnatish mumkin. Tizimning boshlang‘ich narxi 50 ming iyenni (475 dollar) tashkil qiladi. 

Yaponiyada keksa yoshlilar aybi bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etilishi katta muammo hisoblanadi. 2018 yilda pensiya yoshidagi e'tiborsiz haydovchilar sababli mamlakat yo‘llarida 460 kishi halok bo‘lgan. Jumladan, 17 kishi gaz va tormoz pedalini adashtirib qo‘ygan haydovchilar qurboniga aylangan. 2019 yil mayida bunday avtohalokatlar sonini kamaytirish masalasi bosh vazir Sindzo Abe boshchiligidagi majlisda muhokama qilingan. 

Toyota’ning tashabbusi raqobatchilarni shunga o‘xshash tizimlarni ishlab chiqishga undaydi. Yaponiyada o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 84 yoshdan oshadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha kunchiqar mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi va oxirgi 10 yil ichida yaponlar yana 3,5 yil ko‘proq yashamoqdalar.

Ko‘proq yangiliklar: