«O‘zbekiston turistik magistrali» turistik transport yo‘lagi barpo etiladi

O‘zbekiston 16:31 / 13.08.2019 6728

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Andijon viloyati, Xonobod shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq shahrigacha, Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga alohida yo‘nalish ochgan holda, avtomobil yo‘llari bo‘ylab yo‘lbo‘yi infratuzilmasi va turistik xizmatlar rivojlanishini ta'minlaydigan «O‘zbekiston turistik magistrali» turistik transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha takliflariga rozilik berildi.

«O‘zbekiston turistik magistrali» transport yo‘lagi bo‘ylab avtomobil yo‘llari va yo‘lbo‘yi infratuzilmasining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

Ko‘proq yangiliklar: