Moliya vazirligi mehnat haqi, pensiya va boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibining o‘zgarishi nazarda tutilayotgani munosabati bilan ayrim qonunlarga tuzatishlarni tayyorladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 sentyabrdan eng kam ish haqi miqdori (EKIH) mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM), bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) bilan almashtiriladi.
Bu amaldagi qonunlarning normalariga qator tuzatishlar kiritish zaruratini keltirib chiqaradi. Ishlab chiqilgan tuzatishlarning mohiyati bugungi kunda EKIHdan kelib chiqqan holda hisoblanadigan miqdorlarni hisoblab chiqarish tartibini o‘zgartirishdan iboratdir. Bir necha holatlarda pul ifodasida oladigan bo‘lsak, summalarda sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Quyidagi hisob-kitoblarda 223 000 so‘mga teng EKIH, BHM va PHBM, 634 880 so‘mga teng MHEKMdan foydalaniladi.
Birinchidan, jinoiy yoki fuqarolik ishlarida ishtirok etgan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga to‘lanadigan to‘lovning yangi miqdorlari belgilanadi.
To‘lov turi |
Amaldagi miqdor |
Nazarda tutilayotgan miqdor |
||
EKIHga nisbatan koeffitsiyent |
summa (so‘m) |
MHEKMga nisbatan koeffitsiyent |
summa (so‘m) |
|
Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun mehnatga haq to‘lash (bir soatlik ish uchun) |
0,015-0,020 |
3 345 – 4 460 |
0,005-0,007 |
3 174,4 – 4 444,16 |
Tarjimonlarga yozma tarjimaga (har 1000 bosma belgi uchun) haq to‘lash |
0,010-0,015 |
2 230 – 3 345 |
0,004-0,005 |
2 539,52 – 3 174,4 |
Sud majlislarida yoki so‘roqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun haq to‘lash (bir soatlik ish uchun) |
0,015-0,020 |
3 345 – 4 460 |
0,005-,007 |
3 174,4 – 4 444,16 |
Ikkinchidan, mehnatga layoqatsizlar, yolg‘iz keksalar, pensionerlar va ularning oila a'zolariga kommunal uy-joy fondida uy-joy berish uchun ularning daromadlarini o‘rtacha jon boshiga hisob-kitob qilish formulasi o‘zgartiriladi. Hozir daromadlar bir oyda EKIHdan, ya'ni 223 000 so‘mdan kam bo‘lishi kerak, endi esa oyiga MHEKMning 35%idan, ya'ni 222 208 so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Uchinchidan, jabrlanganlarga – mehnatda shikastlanishi oqibatida nogiron bo‘lganlarga, shuningdek boquvchisini yo‘qotganlarga zararni qoplashning eng kam miqdori MHEKMning 17,5%ini, ya'ni 111 104 so‘mni tashkil qiladi (hozir – EKIHning 50%i yoki 111 500 so‘m). Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqaning eng kam miqdori MHEKMning 35%ini, ya'ni 222 208 so‘mni tashkil qiladi, hozirgi vaqtda bu 223 000 so‘mga (1 EKIHga) teng.
To‘rtinchidan, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari, shuningdek ish haqiga ustamalar va davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan shaxslar pensiyalarining yangi miqdorlari belgilanadi.
Davlat mukofoti turi |
Amaldagi miqdor |
Nazarda tutilayotgan miqdor |
||
EKIHga nisbatan koeffitsiyent |
summa (so‘m) |
MHEKMga nisbatan koeffitsiyent |
summa (so‘m) |
|
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari |
||||
«Mustaqillik» ordeni |
75 |
16 725 000 |
26,25 |
16 665 600 |
«Amir Temur» ordeni |
70 |
15 610 000 |
24,5 |
15 554 560 |
Jaloliddin Manguberdi ordeni |
65 |
14 495 000 |
22,75 |
14 443 520 |
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni |
60 |
13 380 000 |
21 |
13 332 480 |
«El-yurt hurmati» ordeni |
50 |
11 150 000 |
17,5 |
11 110 400 |
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni |
45 |
10 035 000 |
15,75 |
9 999 360 |
I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni |
40 |
8 920 000 |
14 |
8 888 320 |
I darajali «Shon-sharaf» ordeni |
40 |
8 920 000 |
14 |
8 888 320 |
«Mehnat shuhrati» ordeni |
40 |
8 920 000 |
14 |
8 888 320 |
«Do‘stlik» ordeni |
30 |
6 690 000 |
10,5 |
6 666 240 |
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni |
25 |
5 575 000 |
8,75 |
5 555 200 |
II darajali «Shon-sharaf» ordeni |
20 |
4 460 000 |
7 |
4 444 160 |
«Mardlik» ordeni |
15 |
3 345 000 |
5,25 |
3 333 120 |
«Sodiq xizmatlari uchun» medali |
10 |
2 230 000 |
3,5 |
2 222 080 |
«Kelajak bunyodkori» medali |
10 |
2 230 000 |
3,5 |
2 222 080 |
«Jasorat» medali |
10 |
2 230 000 |
3,5 |
2 222 080 |
«Shuhrat» medali |
5 |
1 115 000 |
1,75 |
1 111 040 |
O‘zbekiston Respublikasi Faxriy yorlig‘i |
5 |
1 115 000 |
1,75 |
1 111 040 |
Ish haqi yoki pensiyaga ustamalar |
||||
«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni |
1 |
223 000 |
35% |
222 208 |
«O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori» ko‘krak nishoni sohiblariga pul mukofoti MHEKMning 1,75 baravarini (1 111 040 so‘m), hozir – 5 EKIHni (1 115 000 so‘m) tashkil qiladi.
Beshinchidan, ishlamaydigan xizmatga chaqiriluvchilarga to‘lanadigan nafaqa miqdori MHEKMning 35%iga tenglashtiriladi (hozir – 1 EKIH). Pul ifodasida – 222 208 so‘m (hozir – 223 000 so‘m).
Oltinchidan, deputatlar va senatorlarga ularning faoliyati bilan bog‘liq, JShDS solinmaydigan har oylik to‘lovlar MHEKMning 1,75 baravarini yoki 1 111 040 so‘mni tashkil qiladi (hozir – 5 EKIH yoki 1 115 000 so‘m).
Yettinchidan, ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar tomonidan bir oy davomida sarflashga ruxsat etilgan pul mablag‘larining yangi miqdori belgilanadi.
Jazoni ijro etuvchi muassasa rejimi |
Amaldagi miqdor |
Nazarda tutilayotgan miqdor |
||
EKIHga nisbatan koeffitsiyent |
summa (so‘m) |
MHEKMga nisbatan koeffitsiyent |
summa (so‘m) |
|
umumiy |
3 |
669 000 |
1,05 |
666 624 |
qattiq |
2,5 |
557 500 |
88% |
558 694,4 |
maxsus |
2 |
446 000 |
70,25% |
446 003,2 |
turma |
1,5 |
334 500 |
52,7% |
334 581,76 |
tarbiya koloniyalarida, ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida, shuningdek mahkum I va II guruh nogironlari, homilador ayollar |
3,5 |
780 500 |
1,25 |
793 600 |
Mahkumlar yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o‘tkazilganda, mehnat normasi va mehnat vazifalarini bajarganda, shuningdek bayram kunlari rag‘batlantirish tarzidagi ruxsat etilgan qo‘shimcha xarajatlar summasi MHEKMning 3,5%igacha, ya'ni 22 220,8 so‘mgacha miqdorni tashkil qiladi (hozir – EKIHning 10%i, ya'ni 22 300 so‘m). Yangi kelgan mahkumga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olish uchun avans miqdori MHEKMning 17,5%ini, manzil-koloniyalarda esa – 35%ini tashkil qiladi. Bu tegishincha, 111 104 so‘m va 222 208 so‘m deganidir. Hozirgi kundagi raqamlar – 111 500 so‘m (EKIHning 50%i) va 223 000 so‘m (1 EKIH).
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.