Dollar 9000 so‘mlik nuqtadan o‘tdi

Iqtisodiyot 11:51 / 13.08.2019 117573

O‘zbekistondagi tijorat banklari chet el valutasini sotish va sotib olish kurslarini yana ko‘tarishdi.

Bugun, 13 avgustdan boshlab, O‘zbekiston banklari dollar sotib olish uchun nuqtani 8940 so‘m, sotish kursini esa 9000 so‘m qilib belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika valutasi kursining o‘sishi O‘zbekistonda ikki hafta oldin boshlandi, o‘shanda bir necha kun ichida kurs o‘sishi 2 foizga teng bo‘ldi.

O‘tgan hafta O‘zbekiston Markaziy banki vaziyatni tashqi va ichki omillar ta'sirida kurs keskin ko‘tarilgani bilan izohladi. Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy sheriklarida (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valutalar almashuv kursining dollarga nisbatan qadrsizlanish tendensiyasi kuzatilmoqda

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, ichki omillar, asosan, import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar tomonidan xorijiy valutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liq.

Markaziy bank 10 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 8882,00 so‘mga yetgan. 1 yevro kursi 259,80 so‘mga oshib, 9928,30 so‘mni tashkil etgan.

Ko‘proq yangiliklar: