Xitoy bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi - «O‘zdavkarantin»

Iqtisodiyot 11:15 / 12.08.2019 8942

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Sifat, nazorat, inspeksiya va karantin bo‘yicha bosh ma'muriyati o‘rtasida 2017 yil 5 iyulda imzolangan kelishuvga muvofiq, hozirga qadar O‘zbekistondan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari faqatgina havo yo‘llari orqali eksport qilinayotgan edi. 

«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bunda respublikaning karantin ostidagi mahsulotlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Xitoy Xalq Respublikasi bozoriga eksporti hajmini oshirish, tadbirkorlik sub'yektlariga yanada qulayliklar yaratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan yangi infratuzilma yaratish ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, XXR tarafi joriy yilning avgust oyidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari O‘zbekistondan Xitoyga nafaqat havo yo‘llari orqali, balki yer usti transportlarida Xorgos (Qozog‘iston), Alashankou (Qozog‘iston) va Irkeshtam (Qirg‘iziston) chegara maskanlari orqali eksport qilinishiga ruxsat berilganligini tasdiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: