Qo‘qonda 1 kilogramm 690 gramm «opiy» giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat 09:36 / 12.08.2019 8504

2019 yil 6 avgust kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, uning davomida S.Hazrat ko‘chasida yashovchi 33 yoshli E.N. Ko‘kto‘nli ko‘chasidagi xonadon mehmonxonasida 1 kg. 690 gr. “opiy” giyohvandlik moddasini 12 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: