Braziliyadagi bioyonilg‘i zavodida portlash sodir bo‘ldi

Jahon 13:37 / 11.08.2019 3123

Braziliyaning Nova-Independensiya shahrida joylashgan bioyonilg‘i ishlab chiqarish zavodida ichida 30 ming tonna etanol yonilg‘isi bo‘lgan rezervuar portlab ketdi. Bu haqda Globo telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, portlashdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.  

Yong‘in bir necha kundan so‘ng o‘zi o‘chishi kutilmoqda, hozirda maxsus ko‘pik yo‘qligi uchun yong‘inni o‘chirishning imkoni yo‘q.

Zavod ma'muriyatining xabar qilishicha, portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: