O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 10 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari dushanba kuni e'lon qilingan kursga nisbatan 177,13 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8882,00 so‘mga yetgan.
Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 so‘mlik nuqtadan oshishidan so‘ng navbatdagi keskin ko‘tarilish bo‘ldi.
1 yevro kursi 259,80 so‘mga oshib, 9928,30 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 2,53 so‘mga qimmatlashib, 136,38 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.