Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar mavjud?

Iqtisodiyot 12:12 / 09.08.2019 39839

Soliq kodeksining 275-moddasiga asosan qator shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulkka jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solinmaydi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ular: 

“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanuvchi ularga tenglashtirilgan shaxslarning;

o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ayollarning;

pensionerlarning;

I va II guruh nogironlarining;

sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalarining va beva xotinlarining (beva erlarining);

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar - muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e'tiboran uch yil muddatga; 

Ushbu modda birinchi qismining 3, 5 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan imtiyozlar qonun hujjatlarida belgilangan soliq solinmaydigan maydon (60 kv.m) o‘lchami doirasida beriladi hamda imtiyozlar mulkdorning tanlashiga binoan faqat bir mol-mulk obektiga taalluqli bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi PQ–1902-sonli va 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-sonli qarorlariga muvofiq, dastur doirasida qurilgan uy-joylar ipoteka kreditini to‘lab bo‘lgunga qadar mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: