Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyevga korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qilindi

Foto: Mixail Metsel/TASS
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma'lum qildi.
"Atamboyevga korrupsiya bo‘yicha ayblov e'lon qilindi, hozircha boshqa ma'lumot yo‘q", - dedi u.
Slesarevning so‘zlariga ko‘ra, Atamboyev 26 avgustgacha Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida saqlanadi. Advokatning aytishicha, Atamboyevni qo‘lga olishda qator protsessual normalar buzilgan. Xususan, uni qo‘lga olish to‘g‘risidagi hech qanday hujjat ko‘rsatilmagan.
Almazbek Atamboyev 8 avgust kuni o‘zining Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyida qariyb bir sutka davom etgan maxsus operatsiyadan so‘ng hibsga olindi. Operatsiya chog‘ida bir nafar maxsus kuchlar xodimi halok bo‘ldi, 98 kishi jarohatlandi.
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib konstitutsiyani buzganini aytdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

21:30 / 26.08.2022
Atamboyevga davolanish uchun Moskvaga borishiga ruxsat berilmadi

20:09 / 28.06.2022
Atamboyev tartibsizliklar to‘g‘risidagi jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi

18:45 / 16.06.2022
Atamboyev ikkita jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi

07:49 / 03.06.2022