Huawei 2019 yilning birinchi yarmida o‘z faoliyati moliyaviy natijalarini e'lon qildi: umumiy daromad 401,3 milliard yuanni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 23,2 foizga ko‘p. Birinchi yarim yillikda kompaniyaning sof foyda bo‘yicha rentabelligi 8,7%ni tashkil etdi.
Huawei raisi Lyan Xua so‘zlariga ko‘ra, moliyaviy operatsiyalar muammosiz ketmoqda va tashkilot o‘z pozitsiyalarini yo‘qotmayapti. Samarali boshqaruv va mukammal moliyaviy ko‘rsatkichlar tufayli, 2019 yilning birinchi yarmida Huawei biznesi barqaror bo‘lib qoldi.
Huawei’ning operatorlik biznesi bo‘linmalarida birinchi yarim yillikdagi daromad 146,5 milliard yuanga yetdi. Korporativ yechimlar bo‘linmalarida birinchi yarim yillikdagi daromad 31,6 milliard yuanga teng bo‘ldi. Shuningdek, iste'molchilar bo‘linmalarida birinchi yarim yillikdagi daromad 220,8 milliard yuanni tashkil qildi.
«May oyi davomida kompaniyaning daromadi tez o‘sdi», - deydi Lyan. «Birinchi yarim yillikda biz qo‘ygan poydevorni hisobga olgan holda, AQSh bizni «yo‘qotib yuboriluvchi jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxati»ga qo‘shgandan keyin ham o‘sishda davom etmoqdamiz. Bu bizni kelajakda qiyinchiliklar kutmayapti, degani emas. Ular bo‘ladi hamda qisqa muddatli istiqbolda bizning o‘sish sur'atlarimizga ta'sir qilishi mumkin».