O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 6 avgustdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 38,16 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8704,87 so‘mga yetgan.
Bu ilk bor rasmiy kurs 8700 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
1 yevro kursi 26,79 so‘mga oshib, 9668,50 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 2,78 so‘mga arzonlab, 133,85 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.