«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.
La Gazzetta dello Sport'ning yozishicha, futbolchi o‘z agentiga «MYu»ga o‘tishni istamayotganini aytgan. U ertadan boshlab Turin klubi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Dibalani Romelu Lukakuga almashtirishni rejalashtirayotgan edi.
Sky Spors`ning xabar berishicha, «Yunayted» belgiyalik hujumchisini sotish bo‘yicha boshqa klublar bilan muzokaralarni davom ettirmoqchi.
Paulo o‘tgan mavsumda klubining 42ta o‘yinida qatnashib, 10ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.