OAV: Dibala va Lukaku almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi

Sport 12:30 / 31.07.2019 7128

«Yuventus» va «Manchester Yunayted» klublari o‘z hujumchilarini ayirboshlash masalasida kelishuvga erishdi, deb xabar tarqatdi Sky Sport Italia.

Xabar qilinishicha, Paulo Dibala faoliyatini Manchesterda, Romelu Lukaku esa Turinda davom ettiradi.

Transfer rasmiylashtirilishi uchun Dibala «MYu» bilan shartnomasi shartlarini kelishib olishi kerak.

Avvalgi xabarlarda «Yuventus» argentinalik futbolchini 100 million yevroga baholayotgani, belgiyalik hujumchining narxi esa 85 million yevroni tashkil qilishi aytilgandi. Shuning uchun Italiya chempioni ingliz jamoasidan qo‘shimcha to‘lov ham olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Dibalaning agenti muzokaralar uchun Angliyaga yetib borgani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: