Formula-1: Hemilton Vengriyadagi bosqichda navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Sport 21:16 / 04.08.2019 2168

“Formula-1” avtopoygasining Vengriya gran-prisi o‘z nihoyasiga yetdi. Budapeshtda o‘tgan poygada marraga birinchi bo‘lib “Mersedes” a'zosi, amaldagi peshqadam va chempion Lyuis Hemilton yetib keldi.

Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib Hemiltondan 17 soniyalik kechikish bilan “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen kesib o‘tdi. 3-o‘rinni “Ferrari” vakili Sebastyan Fettel egalladi.

34 yoshli Hemilton Vengriya bosqichidagi 7-g‘alabasiga erishib, bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lmoqda. Umumiy hisobda britaniyalik joriy mavsumdagi 8-g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Amaldagi chempion umumiy hisobda 250 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda. 2-o‘rinni Bottas (188 ochko), 3-o‘rinni Ferstappen (181 ochko) egallamoqda.

Poyganing keyinchi bosqichi 30 avgust-1 sentabr kunlari Belgiyada bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: