OFK kelishilgan o‘yinlarga aloqador bo‘lgan 4 nafar futbolchini umrbod chetlatdi

Sport 12:10 / 03.08.2019 17819

Osiyo Futbol Konfederatsiyasining ahloq-intizom qo‘mitasi kelishilgan o‘yinlarga aloqador bo‘lgan 4 nafar futbolchini umrbod diskvalifikatsiya qildi.

Ularning barchasi Qirg‘iziston klublari safida o‘ynagan. Xususan, Kursanbek Sheratov «Dordoy» klubining 2017 yilgi OFK Kubogidagi o‘yinlari natijasiga ta'sir qilganlikda va totalizatorda pul tikkanlikda aybdor deb topildi.

Bundan tashqari, «Oloy» klubi futbolchilari Abduaziz Maxkamov (Tojikiston milliy jamoasi darvozaboni), Vladimir Veryovkin va Ilyos Alimov jamoasining 2017-2018 yillardagi OFK Kubogi o‘yinlari natijasiga ta'sir qilganligi isbotlandi.

OFK kelishilgan o‘yinlarni aniqlashda Sportradar kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Aynan shu kompaniya yuqoridagi to‘rtlikni fosh qilishda yordam bergan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ham Sportradar kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: