Instagram va WhatsApp ilovalari nomlariga ularning kimga tegishli ekanligi ham yoziladigan bo‘ldi

Fan-texnika 21:49 / 03.08.2019 9196

Facebook Instagram va WhatsApp ilovalari nomlariga o‘z brendini ham qo‘shib qo‘yadigan bo‘ldi. Har ikki ilovada ular «Facebook’ka tegishli» ekanligi ham qayd etiladi. Bu haqda The Information nashri xabar qildi. 

O‘zgarish Apple va Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan Instagram ilovasida allaqachon ko‘zga tashlandi. Kirish sahifasiga va ilovaning sozlamalar bo‘limiga « Facebook’ka tegishli Instagram» degan yozuv joylashtirilgan.

«Biz qanday xizmat va mahsulotlar Facebook’ka tegishli ekanligini aniq ko‘rsatib o‘tmoqchimiz», — deb izohladi kompaniya vakili bu o‘zgarishni.

The Wall Street Journal gazetasining yozishicha, ilovalar nomini o‘zgartirish orqali Facebook «bu yerda kim xo‘jayin ekanligini» ko‘rsatib qo‘ymoqchi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: