O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalariga tegishli tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda Norma.
Umumiy ro‘yxatdan ikkita pozitsiya chiqarib tashlandi:
• sovitish yoki muzlatish va boshqa uskunalar, ichimlik sanoati uchun mo‘ljallanganlardan tashqari (TIF TN kodi – 8418 69 000 9);
• dvigatelli ventilyatorlar hamda havo harorati va namligini o‘zgartirish uchun priborlar bilan jihozlangan, sovitish uskunasi va sovitish/isitish sikliga o‘tish uchun klapan (reversiv issiqlik nasoslari) o‘rnatilgan havo haroratini bir xilda saqlash uchun qurilmalar, maxsus ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni saqlash uchun harorat va namlik avtomatik boshqariladigan sanoat konditsionerlari (TIF TN kodi – 8415 81 001 0).
Binobarin, endi ko‘rsatilgan uskunalarni import qilishda aksiz solig‘i to‘lanmaydi. Joriy yilning 1 yanvaridan ular bo‘yicha stavka bojxona qiymatining 10%ini tashkil etadi.
Hujjat 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Import qilinadigan sovitish uskunalari aksiz solig‘idan ozod etildi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25721
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34570