Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha transport turlari yagona transport tarmog‘iga birlashtiriladi

Foto: KUN.UZ
QHTBT portalida «Transport to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Norma.
Loyihada, umuman olganda, transport turlarining maqbul va muvozanatlashtirilgan o‘zaro harakati nazarda tutiladi. Buning uchun hujjatda barcha transport turlarini yagona transport tarmog‘iga birlashtirishga imkon beradigan yagona davlat siyosatini yuritish yo‘llari taklif etilmoqda.
Muhokamaga qo‘yilgan hujjatning maqsadi quyidagilardan iborat:
• transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish;
• barcha toifadagi iste'molchilar uchun ulardan foydalana olish imkoniyatini ta'minlash;
• transport tizimining atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish;
• aralash tashuvlarni, xab texnologiyali tashuvlarni rivojlantirish va boshqalar.
Milliy qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan quyidagi asosiy va yangi tushunchalarning mazmuni keltirilgan: «aralash tashishlar operatori», «tranzit tashishlar operatori», «aralash tashish shartnomasi», «aralash tashishlar chog‘ida o‘zaro hamkorlik shartnomasi», «tashishlar xavfsizligi», «transport xavfsizligi», «transport xavfsizligi va tashishlar xavfsizligini ta'minlash», «tranzit transport yo‘lagi», «transport logistikasi», «transport-logistika markazi» va boshqalar.
Transport faoliyatini yuritish asoslari, xususan, litsenziyalash, sertifikatlash, ruxsat berish tartib-taomillari, mulkchilik shakllari, transport sub'yektlarini kreditlash va subsidiyalash masalalari, transport tariflari belgilandi.
Qonun loyihasida davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari, barcha qatnov yo‘llarida yuklarni, yo‘lovchilar va bagajni tashishni tashkillashtirish va amalga oshirishda transport tashkilotlari, yuk jo‘natuvchilar (jo‘natuvchilar), yukni qabul qilib oluvchilar, yo‘lovchilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy asoslar belgilanadi.
Aralash tashishlarda ishtirok etadigan transport tashkilotlariga, shuningdek tashishda qo‘llaniladigan transport va boshqa texnika vositalariga nisbatan aniq talablar belgilanmoqda.
Hujjatda transport xavfsizligi, favqulodda vaziyatlarda transport ishini tashkil etishni tartibga soluvchi normalar, transportda transport infratuzilmasi obektlarining qanchalik mustahkamligini baholashni o‘tkazishga va ularni malakalashga doir talablar mavjud.
Transport sub'yektlarini davlat tomonidan, xususan, davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘laridan ajratiladigan kreditlardan foydalanish uchun imtiyozli foiz stavkalari ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025