Qo‘chqorov: «Prezidentga kiritilgan loyihada narxlar bundan ham baland edi»

Iqtisodiyot 18:06 / 01.08.2019 34985

Bugun, 1 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yoqilg‘i, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshishini izohlarkan, “prezidentga bu loyihani olib kirganimizda davlat rahbari oshirmaslik choralari, qo‘shimcha zaxiralar bor-yo‘qligi bilan qiziqdi. Rejaga ko‘ra elektr energiyasi narxi 480 so‘m bo‘lishi kerak edi. Ammo prezident bunga yo‘l qo‘ymadi”, - dedi.

 Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda aholiga 250 so‘mdan taqdim etib kelinayotgan elektr energiyasi uchun joriy yilning 15 avgustidan boshlab quyidagi narxlar belgilandi:

 I – IV guruhdagi iste'molchilar uchun elektr energiyasi narxi (kVt-soat)

1.1. I va II guruh iste'molchilari uchun — 450 so‘m (250 so‘m edi);

1.2. III guruh iste'molchilari uchun, jumladan aholi uchun — 295 so‘m (125 so‘m edi);

IV guruh iste'molchilari uchun — 450 so‘m (350 so‘m edi);

 Prezidentning 2017 yil 8 noyabrdagi PQ-3379 sonli qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi va alohida xizmatlar ko‘rsatuvchi iste'molchilar uchun — 450 so‘m (365 so‘m edi).

 Shu bilan birga, ijtimoiy limit qisqartirilayotganiga to‘xtalib: “aslida respublikaning o‘rtacha xonadoni 80-120 kv/soat atrofida elektr energiyasi ishlatadi. Biz ijtimoiy limitni 300 kv/soatdan 250 kv/soatga tushirmoqchimiz. Nimaga? Sababi, aslida 300 kv/soat ishlatadigan odamning ijtimoiy jihatdan qo‘llab quvvatlashga ehtiyoji yo‘q”- dedi moliya vaziri.

Ko‘proq yangiliklar: