Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti Belarus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturi asosida bakalavriaturaga to‘lov-kontrakt asosida 2019/2020 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish jarayonini boshladi.
Hujjatlar Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining asosiy binosida quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi:
- Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, tunnellar, yo‘l o‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
- Avtomobil transporti, yo‘l-qurilish mashinalari va jihozlarining ekspluatatsiyasi;
- Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi;
- Geodeziya va geoinformatika.
Belarus milliy texnika universiteti bilan tuzilgan kelishuv va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan qabul kvotasiga asosan har bir ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 tadan talabani rus guruhlariga qabul qilish rejalangan.
Qo‘shma ta'lim dasturi (2+2) asosida bakalavrlar tayyorlanadigan yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar 2019 yilning 10 avgustiga qadar qabul qilinadi.
Tanlovda qatnashish uchun Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini taqdim etish lozim:
fuqarolik pasporti;
umumiy o‘rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).
Kirish imtihonlari Belarus milliy texnika universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
Rus tili – yozma;
Matematika – test;
Fizika – test.
Hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma dastur asosida talabalar 1- va 2-bosqichlarda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutida, 3- va 4-bosqichlarda Belarus milliy texnika universitetida o‘qishi ko‘zda tutilgan. Muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga ikki tomonlama diplom beriladi.
Murojaat uchun telefonlar: 71 232-14-58, 71 232-15-24
Reklama huquqi asosida