Janubiy Koreya ikkinchi avlod Hyundai Creta krossoveri niqobsiz holda suratga tushirildi. Avtomobilni kunduzi hech bir niqobsiz sinovga olib chiqishdi, deb yozmoqda Motor.ru.
Mahalliy bozorda ix25 nomi bilan sotiladigan yangi Creta o‘zining asosiy raqibi Kia Seltos krossoveri bilan bir xil shossega ega. Avtomobil avvalgisidan 30 mm uzunroq va 10 mm kengroq bo‘lgan: tegishli ravishda 4300 va 1790 mm. G‘ildiraklar bazasi 20 mm.ga o‘zgardi va 2610 mm.ga yetkazildi.
Krossover dizayni yangicha bo‘lib, ko‘proq Palisade modeliga o‘xshab ketadi. Yangi bosh va orqa chiroqlar paydo bo‘lgan. Kuzov chiziqlari o‘zgartirilgan.
Avtomobil salonida ham sezilarli o‘zgarishlar qilingan: markaziy konsolda tik planshetli multimedia tizimi o‘rnatilgan. Aynan u orqali standart tugmachalar va boshqargichlar vazifalariga buyruq berish mumkin. Ekranni ikki qismga ajratsa bo‘ladi, bu yo‘lovchiga qulaylik yaratadi.
Hozircha, dvigatel haqida ma'lumotlar yo‘q, biroq xitoylik jurnalistlar 1,4-l turbokuchaytirgichli hamda 1,6 l atmosferali dvigatellar haqida fikr bildirishmoqda.