KERAMA MARAZZI falsafasining asosi va bosh maqsadi - hayot sifatini yaxshilash

Iqtisodiyot 16:06 / 30.07.2019 3763

KERAMA MARAZZI - Rossiyaning yetakchi keramik bezak va pardozlash materiallari ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, Rossiya va uning tashqarisida keng savdo tarmog‘iga ega.

Evropaning yetakchi keramik plita va keramik granit ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan KERAMA MARAZZI 2018 yilda o‘zining 30 yilligini nishonladi. KERAMA MARAZZI Italiya va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p yillik va samarali munosabatlarning namunasidir. Bir tomondan, bu italyan texnologiyalari va butun dunyoda mashhur bo‘lgan keramika mahsulotlarini yaratishga ijodiy yondashish, boshqa tomondan, Rossiyaning ulkan salohiyati bilan ishlab chiqarish quvvati va mehnat resurslari demakdir. KERAMA MARAZZI mahsulotlarining sifati, uning Rossiya va xalqaro standartlar, normativlar va texnik talablarga muvofiqligi rasmiy sertifikatlar, texnik sertifikatlar va ekspert xulosalari bilan tasdiqlangan.

O‘ziga xoslik

KERAMA MARAZZI plitkalari, keramik granit, mozaika va dekorativ elementlarining umumiy soni minglab topiladi: jami 3000 dan ortiq tovarlar bugungi kunda keramika ishlab chiqaruvchilar orasida eng keng assortimentdir. KERAMA MARAZZI falsafasining asosi va bosh maqsadi - hayot sifatini yaxshilash. Muhimi, har qanday inson o‘zi uchun o‘ziga xos va qulay makon yaratish imkoniyatiga ega bo‘lishi. Formatlar va uslublar, ranglarning xilma-xilligi, o‘ziga xos dizayn va keramik qoplamalarning turli xil tuzilmalari har qanday murakkablikdagi dizayn loyihasini amalga oshirishga imkon beradi.

Innovatsiya va texnologiyaning roli

Keramik plitkalari noyob mahsulot bo‘lib, unda to‘rtta unsur: yer, suv, olov va havoning kuchi va energiyasi mavjud. Insoniyat asrlar davomida bu pardoz materialidan qurilishda foydalanadi va yanada yaxshi sifat va jozibadorlikka erishib uni ishlab chiqarishni takomillashtirib keladi. KERAMA MARAZZI doimo olg‘a intiladi, kompaniyani boshqalardan ajratib turadigan noyob mahsulotlarni yaratishga va mijozlariga taklif qilishga imkon beradigan o‘z ishlab chiqarishini modernizatsiya qiladi, eng yangi uskunalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etadi.

2017 yilda o‘ta zamonaviy Continua+ yuqori texnologiyali liniyasida ishlab chiqarilgan 120x240 sm hajmdagi keramik granitning MAKSI-formati Rossiya keramika olamida haqiqiy shov-shuv bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta seriyalarda namoyish etilgan ushbu mahsulot marmar, yog‘och va tosh kabi ommabop materiallarning tabiiy xususiyati va jozibasini ishonchli tarzda yetkazib beradi.

KERAMA MARAZZI 2019 yildagi yangi «Ispan fiyestasi» to‘plamida 40x120 va 20x120 devor plitalarining noyob formatini taqdim etadi, bu sizga choksiz qoplamaning taassurotga boy effektini yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, kompaniya arabeskalar shaklidagi keramik mozaikaning yangi formatini va 29x33 olti burchakli yana bir modifikatsiyasini taqdim etdi.

Ishlab chiqarish

KERAMA MARAZZI ning ishlab chiqarish sektori Moskva oblastining Oryol shahrida va Malino posyolkasidagi ikkita yirik zamonaviy fabrikada joylashgan. Har ikki korxona Italiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari - SACMI, ICF, Technoferrari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan.

Firma savdosi

Hozirda kompaniya Rossiya, Ukraina va Latviyada 21 ta savdo vakolatxonasiga ega. Chakana xaridorlar uchun MDHdagi 370 dan ortiq savdo nuqtasi mavjud, shuningdek KERAMA MARAZZI mahsulotlarini Shimoliy va Sharqiy Yevropada sotib olish mumkin. Kompaniya mahsulotlari shuningdek, multi brendli magazinlar va DIY tizimidagi tarmoq magazinlarida ham sotiladi.

Toshkentdagi firma magazini

Keramik plitalar, keramik granit, mozaikalar va sanitariya-texnik buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Italiya-Rossiya kompaniyasining rasmiy distribyutori - KERAMA MARAZZI Toshkentdagi birinchi firma magazini ochilishi va 2019 yildagi yangi ISPAN FIYeSTASI kolleksiyasi taqdimotiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazdi. KERAMA MARAZZI kompaniyasi va uning rasmiy distribyutori - «INTERER ALLEYA»  MChJ Toshkentda yangi mono-brend ko‘rgazma zalini ochdi. KERAMA MARAZZI – Italiya sifatli, Rossiya narxiga ega bo‘lib, qurilish va ta'mirlash ishlari uchun 3000 dan ortiq assortimentdagi eng foydali tanlov bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: