Funt sterling qadri keskin tushib ketdi

Iqtisodiyot 23:48 / 29.07.2019 11813

Buyuk Britaniya milliy pul birligi - funt sterling qadri rekord darajada tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, valuta kursi 0,4 foizga, 1,2 dollargacha pasaygan.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, bu 2017 yil martidan buyon eng yomon ko‘rsatkichdir. 

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, funt qadrining pasayishiga Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning YeI tarkibidan chiqishni hech qanday kelishuvlarsiz amalga oshirishga qaror qilgani sabab bo‘lgan. 

Avvalroq, Jonson Brexit tashviqoti uchun 120 mln dollar sarflashi xabar qilingan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: