O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 30 iyuldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 42,20 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8666,71 so‘mga yetgan.
1 yevro kursi 34,99 so‘mga tushib, 9641,71 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 0,29 so‘mga arzonlashib, 136,63 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.