Shavkat Mirziyoyev 31 iyul kuni Belarusga tashrif buyuradi 

O‘zbekiston 11:00 / 25.07.2019 12476

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 iyul - 1 avgust kunlari ilk rasmiy tashrif bilan Minskda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nosirjon Yusupov ma'lum qildi, deya xabar beradi «Belta».

Diplomatning ta'kidlashicha, hozirgi paytda ushbu tadbirga faol tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

«O‘zbekiston rahbarining rasmiy tashrifi arafasida va tashrif vaqtida belaruslik sheriklar bilan birgalikda Minsk shahrida bir qator tadbirlar tashkillashtiramiz. Ular orasida Belarus hamda O‘zbekiston hududlari forumi, «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy byustining ochilishi va O‘zbekiston madaniyati kunlari bor», - dedi elchi.

Shuningdek, Yusupovning ishonch bildirishicha, prezidentning bo‘lajak tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga imkon beradi. Kutilishicha, Minskdagi muzokaralarda Toshkentda eng yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning natijalari va kelgusidagi ikki tomonlama shartnomalar istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, 29-30 iyul kunlari Minsk shahrida Belarus va O‘zbekiston hududlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: