Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi

Iqtisodiyot 15:49 / 25.07.2019 1842

“Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga va hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga, shuningdek, loyihalarning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish vazifasini bajaruvchi davlat organlariga tatbiq etiladi.
 
Tizimni 1 avgustdan boshlab - barcha ishtirokchilarni bosqichma-bosqich ulash orqali tajriba tariqasida joriy etish, 1 oktyabrdan boshlab esa - davlat organlari tizimlariga integratsiyalashtirgan holda undan amalda foydalanish boshlanadi. 1 dekabrga qadar tizim bo‘yicha litsenziya huquqlari Investitsiyalar na tashqi savdo vazirligiga beriladi. Bunga qadar uni joriy etish va foydalanish bo‘yicha ishlarga umumiy rahbarlik LBMA tomonidan amalga oshiriladi.
 
“UZINFOCOM” davlat axborot xizmatlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ tizim operatori etib belgilandi. Kompaniya mahsulotning joriy etilishi, uzluksiz faoliyat yuritishini ta'minlash, yanada modernizatsiya qilinishi va axborot xavfsizligi uchun javob beradi.  Investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat vazirliklari tegishliligi bo‘yicha ma'lumotlar bazasini boshqarish (ularning hisobini yuritish va nazorat qilish, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni tasdiqlash yoki rad etish) orqali axborot tizimining funksional boshqarilishini ta'minlaydi.
 
LBMA tizim operatori bilan birgalikda joylarga chiqqan holda vazirlik va idoralar xodimlari uchun o‘qitishni (treningni) o‘tkazadi. Bunda hokimliklar ularga tashkiliy-amaliy ko‘mak beradi.
 
Hujjat 23.07.2019 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: