«Bunday sportdan nafratlanaman». Nurmagomedov bokschi Dadashevning o‘limiga munosabat bildirdi

Sport 12:10 / 25.07.2019 102788

Bokschi Maksim Dadashevning o‘limi kabi xabarlardan so‘ng odamlar bir-birini uradigan sportga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Bu haqda Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozdi.

20 iyulga o‘tar kechasi Dadashev puerto-rikalik Subriel Matias bilan jang o‘tkazdi. So‘nggi, 12-raund oldidan bahs to‘xtatildi, rossiyalik boshidan olgan og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi. 23 iyul kuni shifokorlar bokschi vafot etganini ma'lum qilishdi.

«Bu holat bizga sport eng muhim narsa emasligi, undan ham muhimroq narsalar borligini yana bir bor isbotladi. Har safar bunday yangilikni ko‘rganimda yoki eshitganimda, men bir-birimizni uradigan ushbu sport turidan nafratlanishni boshlayman», - deb yozgan Nurmagomedov Dadashevning yaqinlari va do‘stlariga sabr tilab.

Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov sportchining o‘limiga izoh berib, tashkilot ushbu voqeani surishtiruvdan o‘tkazishini, Dadashevning oilasiga yordam berishini va sportchi jasadini Rossiyaga olib kelishda ko‘mak ko‘rsatishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: