Agromart.uz - har qanday masalada yaqin maslahatchi

Iqtisodiyot 17:43 / 25.07.2019 6710

Hozirgi kunda Agromart.uz O‘zbekiston bo‘yicha yagona va unikal veb-portal bo‘lib, 9 mingdan ziyod foydalanuvchilariga ega. Albatta, innovatsion g‘oyalar va yangi texnologiyalar har qanday biznesda muvaffaqiyatlar asosini tashkil etadi. Shu bois ushbu portalni ishlab chiqishda ko‘proq oddiylikka e'tibor qaratilgan. Eng muhimi undan foydalanuvchilar biror bir to‘siqqa uchramasin.

Asosiy vazifamiz – dehqon va fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yerda ishlash ularning hayot tarzi va asosiy ishi ekanligini tushungan holda, ularning har bittasiga beg‘araz yordam berish. Bu degani  yerni tayyorlash va boshqa agrotexnik tadbirlardan tortib, ekinlarni to‘g‘ri parvarish qilish, zararkunanda va turli xil kasalliklardan saqlash, hosildorlikni oshirish va mahsulotlarni tez va qulay sotishgacha malakali maslahatchilarimiz yoningizda ishonchli hamrohdir:

Agronomiya - Baxtiyar Matyakubov.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi dotsenti, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Baliqchilik - Dilmurod Shohimardonov.
Baliqchilik ilmiy markazi direktori. Baliqchilik sohasida 20 yillik tajribaga ega. Turli tipdagi baliqchilik xo‘jaliklarini loyihalashtirish, qurish va ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirgan.

Sabzavotchilik va polizchilik - Saodat Dusmuratova.
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik kafedrasi professori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori. Toshkent davlat agrar universiteti.

Chorvachilik, parrandachilik va veterinariya Habibullo Hamdamov
Veterinariya fanlari doktori. Ilmiy grantlar rahbari. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.

Eksport va logistika - Akmalxon Olimxonov
Tashqi savdo va konsalting kompaniyasi asoschisi va direktor muovini. Xitoy elchixonasi.

Huquqshunoslik - Muhammadjon Qosimov
Ilmiy xodim, iqtisod fanlari nomzodi. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.

O‘simliklar himoyasi, bog‘dorchilik va uzumchilik - Zarip Po‘latov.
O‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti. Laboratoriya mudiri.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi - Botir Israilov
Tijorat ishlari bo‘yicha direktor. "John Deere" korxonasi - qishloq xo‘jalik sohasida texnika ishlab chiqarish va yetkazib berish.

Joriy yilning iyul oyida Agromart veb portali YeXHT hamkorligida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida, O‘zbekistonning bir nechta viloyatlarida agrar sohasiga tegishli o‘quv seminar treninglar o‘tkazdi. Seminarlarda fermer va dehqonlar ishtirok etib, dolzarb mavzularga oid ma'lumotlarga ega bo‘ldi.

Xususan, Xorazm viloyatida bulib o‘tgan seminarda tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxtazorga sayohat uyushtirilib, dalada o‘rnatilgan uskunalar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi va fermerlar o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, ushbu texnologiya bo‘yicha berilgan savollariga javob oldi. Trening Agromart portalining Feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatildi va boshqa foydalanuvchilarimiz ham uni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Agromart veb-portalining rasmiy telegram kanali: t.me/uzagromart

Agromart Feysbuk sahifasi: www.facebook.com/agromart.uz/

Mobil ilova: https://bit.ly/2FYUHNQ

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: