O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 avgust kuni Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida ishlab chiqarish texnoparkini tashkil etish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Oqlon mahallasida 1,8 ga yer maydonida ishlab chiqarish texnologik parki tashkil etildi.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan 2019 yilda moliyalashtirilishi rejalashtirilgan umumiy qiymati 42,7 mlrd so‘mlik 3ta («Overbridge» MChJ (Xitoy) – tekstil mahsulotlari - rezina koptoklar ishlab chiqarish, «Colmet Engravo» MChJ - rangli metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqarish, «LIDER KOSMETIK» MChJ - sanitar-gigiyenik mahsulotlarini ishlab chiqarish) loyihani amalga oshirish hisobiga 1000ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mazkur ishlab chiqarish texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish, ularda yuzaga kelayotgan muammmolarni bartaraf etish, investorlarga ko‘maklashish hamda xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash maqsadida, tuman prokuraturasi, tuman hokimiligi va tegishli mutasaddi idoralar rahbarlari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganishlar o‘tkazildi.
O‘rganish davomida «Over Bridge» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishib, mazkur korxonaga tumandagi ishsiz ayollarni ish bilan ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur korxonaning loyiha qiymati 45 mlrd so‘m (o‘z mablag‘i 7 mlrd so‘m, lizing 6,4 mlrd so‘m, xorijiy investitsiya 3 mln AQSh dollari), bo‘lib, hozirgi kunda 100 nafarga yaqin xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Korxonaning to‘liq quvvatda ishga tushirilishi natijasida yana 100 nafar xotin-qizlarga yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 876 000 dona tekstil mahsulotlariga (13,1 mlrd so‘m) teng miqdorda bo‘lib, yillik eksport quvvati 1,5 mln AQSh dollariga teng.