O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha rejalarini oshkor qildi

Iqtisodiyot 12:39 / 24.07.2019 37056

Yer qa'rini geologik jihatdan o‘rganishni yanada takomillashtirish va 2020–2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan 2020–2021 yillarda mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturi ma'qullandi.

Dastur doirasida foydali qazilmalarning istiqbolli maydonlarini qidirish 2020 yilda 35 foizga, 2021 yilda 40 foizga yetkaziladi.

2020 yilda oltin va kumush qazib olish 150 tonnaga, 2021 yilda esa 300 tonnaga yetkaziladi.

Dasturni amalga oshirish uchun jami 2 trln 371 mlrd 9 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qaror bilan geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni yanada takomillashtirish, yer qa'rini oqilona o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, kon-geologiya sohasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” doirasida geologiya-qidiruv ishlari hisobotlarini tuzishning xalqaro standartlari joriy qilinadi va foydali qazilmalar zaxiralari JORC Kodeksiga muvofiq tasdiqlanadi.

Qattiq foydali qazilma maydonlari va konlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni joylashtirish uchun yagona elektron onlayn platforma ishga tushiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: