Murojaatdan so‘ng: sud Chust tuman hokimining shikoyatini qabul qilishni rad etdi

Jamiyat 11:00 / 24.07.2019 20145

Bir necha kun avval saytimizda «Chust tuman hokimligi bir yildan buyon sud qarorini ijro qilmayapti» nomli tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. Maqolada fermerning yeri noqonuniy olib qo‘yilgani va bu bo‘yicha ma'muriy sud tomonidan hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha qaror ham chiqarilgan, lekin hokimiyat sud qarorining ijrosini bir yildirki bajarmay kelayotganligi bayon etilgan.

Ushbu qaror ustidan Chust tuman hokimi kassatsiya shikoyati berishni maqsad qilgan. Biroq buning imkoni yo‘q, chunki Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 227-moddasiga binoan kassatsiya shikoyatini berish muddati bir oy hisoblanadi. Oradan esa bir yil o‘tib bo‘lgan, qaror ijrosi besabab amalga oshirilmagan.

Hokimlik ushbu muddatni uzrli deb hisoblash va kassatsiya instansiyasida ishni boshlash uchun sudga murojaat etgan. Kassatsiya sudining ajrimiga ko‘ra, javobgar Chust tumani hokimi tuman sudi hal qiluv qaroridan o‘z vaqtida xabardor qilinmaganligi va o‘tkazib yuborishni tiklashni so‘ragan. Sud esa hokim tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatida keltirilgan muddatni tiklashni rad etishni lozim topgan. Chust tuman hokimining shikoyati rad etilgan.

Shu o‘rinda bir necha savollar tug‘iladi: oradan bir yil o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib hokim bundan o‘z vaqtida xabardor bo‘lmaydi? Shikoyat rad etilgan bo‘lsa, endi kuchda qolgan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qachon ijro etiladi? Bir yil mobaynida ijroga qaratilmagan sud qarori uchun qanday chora ko‘riladi?

Ko‘proq yangiliklar: