Afrika Xalqaro iqtisodiy forumga mezbonlik qiladi

Iqtisodiyot 18:34 / 24.07.2019 2313

Joriy yilning 4-6 sentabr kunlari Janubiy Afrikada joylashgan Keyp Toun shahrida 28-Xalqaro iqtisodiy forum o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Forum «To‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitida inklyuziv taraqqiyot va umumiy kelajakka erishish» mavzusiga bag‘ishlanadi.

Bu 2017 yilda jahondagi hukumatlar vakillari, biznes va fuqarolik jamiyati yetakchilari Durbanda yig‘ilgandan beri, Afrikaning quyi Saxara hududida tashkillashtirilayotgan birinchi Xalqaro iqtisodiy forum hisoblanadi.

Ayni paytda Jahon banki tomonidan Afrika Saxarasida iqtisodiy o‘sish 2018 yilga qaraganda 2019 yil 3.1 foizdan 3.6 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.

Xalqaro iqtisodiy forum esa Afrikadagi bir qancha eng top muammolarga e'tibor qaratishni rejalashtirgan:

- Afrika erkin savdo zonasida integratsiya va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash;
- To‘rtinchi sanoat inqilobida yuqori malakali ishchi kuchi bazasini yaratish va ularni himoya qilish;
- Turli ijtimoiy ehtiyojlar: sog‘liqni saqlash, infrastruktura kabilar uchun dronlardan foydalanish;
- Epidemiyalarga tayyorgarlik va malakali tibbiy xizmatga erishish uchun texnologiyalarni jalb qilish;
- Sanoatlashtirish tizimini tashkil qilish va atrof-muhit muammolarini hal qilish uchun taraqqiyot strategiyasini joriy qilish.

«Afrikaning muvaffaqiyatli taraqqiy etishi biznesmenlar, ixtirochilar va liderlarning yangi avlodi uchun to‘g‘ri sharoit yaratish masalasiga bog‘liq. Bu smart institutlar mavjud bo‘ladigan va innovatsiyalar uchun mos sharoit mahorat va moddiy ta'minotga yo‘l ochadigan jamiyatni anglatadi. 

Shuningdek, qonun ijodkorlari tarafidan joriy etiladigan aniq yondashuv qisqa muddatda barqaror, inklyuziv o‘sish ko‘rsatkichini qayd qilishi kerak», deydi Afrika hududiy agentligi rahbari, Xalqaro iqtisodiy forum ijrochi qo‘mitasi a'zosi Elsiye Kanza.

Ko‘proq yangiliklar: