“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ va “Kazakstan temir jo‘li” MK AJ qarashli “Passajirskiye perevozki” AJ rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan muzokarada dastlab chipta bahosini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqilib, 2019 yil 1 avgustdan “Kazakstan temir jo‘li” MK AJ tomonidan №001 sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Tulpar-Talgo” poyezdining belgilangan tarif bahosiga qo‘shimcha chegirmalar berilishiga qaror qilindi. Unga ko‘ra poyezd jo‘nashidan besh sutka oldin chipta xarid qilinsa, SV hamda KUPe vagonlariga 25 foiz, o‘tiradigan o‘rindiqli vagonlarga 15 foiz, qo‘shimcha yig‘imlarga 53 foiz chegirma beriladi.
Tahlillar natijalaridan so‘ng, yaqin kunlarda №001 sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Tulpar-Talgo” poyezdining chipta narxlarini pasaytirish masalasi yana qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ