Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 27 iyul, shanba kuni Juma shahrida Past Darg‘om tumani fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazadi. Bu haqda viloyat hokimi matbuot xizmati xabar bermoqda. Qabul ertalab soat 08:00 dan boshlanadi.
Turdimovning Pats Darg‘om aholisi uchun qabuli tuman markazi Juma shahridagi Yoshlar bog‘ida o‘tkaziladi.
Mo‘ljal: Past Darg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi binosi.
Ma'lumot uchun telefon: (66) 235 62 36.