Andijondagi o‘zaro janjal bir kishining o‘limi bilan tugadi

Jamiyat 11:40 / 23.07.2019 11439

Andijon shahrida 2019 yil 21 iyul kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 20 yoshli A.H. va 18 yoshli A.S.lar, Bog‘ishamol mahalla hududida o‘zaro janjal tufayli Andijon tumanida yashovchi 23 yoshli A.J.ning tanasini turli joylariga qo‘llari bilan urgan vaqtlarida u boshi bilan yerga yiqilib jarohat olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada A.J. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.H. va A.S.lar ushlanganlar. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: