Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatining olti oylik ishlari sarhisob qilindi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hisobot yig‘ilishida viloyat 3 sektori rahbari ishchi guruhi a'zolarining hisobotlari tinglandi, aholi muammolarini hal etish bo‘yicha o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar ijrosi tanqidiy muhokama qilindi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/KDeUwOEYwAwrEYgybk7_O5tizJU6CR1b.jpg)
Sektor hududida tashkil etilgan sayyor qabullarda 2 ming 539 nafar fuqaro qatnashdi. 843 nafar fuqaro muammoli masalalari bo‘yicha qabul qilinib, 745 ta masala joyida bartaraf etilgan.
Shu o‘rinda, o‘tgan davr davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/YUS_DotW7JNXUUlbrDZ9YdV2JzkKFLtR.jpg)
Chorak yakunlariga ko‘ra, sektor faollaridan 21 nafar kishi viloyat IIB tomonidan rag‘batlantirildi.