Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» yozdagi ilk transferini e'lon qildi

Yarimhimoyachi Husniddin G‘ofurov «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga o‘tdi.
«Sherlar» matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzilgan.
G‘ofurov Superliganing birinchi davrasida «Lokomotiv» tarkibida 8ta o‘yin o‘tkazib, 4ta golga hammualliflik qilgan edi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida 7ta o‘yin o‘tkazgan.
Ma'lumot uchun, Husniddin professional faoliyatini 2012 yilda «NBU-Osiyo» jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning «Yavor» klubi bilan bitim imzolab, keyinchalik «Mladost» safiga o‘tgan. G‘ofurov 2018 yildan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgandi.
Husniddin G‘ofurov
Tug‘ilgan sanasi: 29.07.1994
O‘ynagan jamoalari:
2012—2013 "NBU-Osiyo" - 20 o‘yin, 14 gol
2014—2017 "Yavor" Serbiya - 80 o‘yin, 9 gol
2017 "Mladost" Serbiya - 8 o‘yin, 1 gol
2018—2019 "Lokomotiv" - 37 o‘yin, 4 gol
Qayd etish kerak, G‘ofurov xaridi «Paxtakor»ning davralar oralig‘idagi ilk transferi bo‘ldi.
Bunga qadar 2018 yilda Isroil klublariga ijara berilgan isroillik Gidi Kanyuk «Paxtakor»ga qaytgani, shuningdek, Sadriddin Abdullayev ham jarohatidan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shilgani xabar qilingan edi.
Shuningdek, Samarqandning «Dinamo» klubi o‘tgan hafta darvozabon Botirali Ergashev va yarimhimoyachi Shoxruh Abdurahmonovning transfer huquqini «Paxtakor»dan sotib olganini e'lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
Mavzuga oid

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025