O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 23 iyuldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 40,01 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8624,51 so‘mga yetgan.
Bu ilk bor rasmiy kurs 8600 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
1 yevro kursi 2,83 so‘mga oshib, 9676,70 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 0,58 so‘mga o‘sib, 136,92 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.