Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona maktab formasi buyurtma bajaruvchilari endi nima qiladi?

Joriy o‘quv mavsumidan O‘zbekistonda yagona o‘quvchi formasi joriy etilishi nazarda tutilgandi. Ammo hukumatning tegishli qaroriga o‘zgartirish kiritildi, yagona va majburiy formani joriy etish masalasi esa 5 yilga kechiktirildi.
Bundan tashqari, maktab direktorlari yagona maktab formasi savdosini tashkil etishi taqiqlandi.
O‘zgarishlar ketidan yagona maktab formasini tayyorlab, bozorga chiqishga tayyor turgan tikuvchi-tadbirkorlar norozi bo‘lishmoqda. Ular zaxira matolar allaqachon sotib olingani, tikuv ishlari boshlangani, ammo istiqboldagi xaridorlar yo‘qligidan xavotirda. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov bilan suhbatlashdik.
Video: Youtube
«To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish ishida katta muammo paydo bo‘lmaydi, eng katta masala esa mahsulotni sotishda ko‘rinadi. Tadbirkorlar to‘g‘ri ta'kidlayaptiki, xarajatlar qilindi, zaxira matolar xarid qilindi», — deydi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov.
Uning aytishicha, hukumat qarori qabul qilinishi bilan u majburiy xarakterga ega bo‘lmadi. Yagona maktab formasini tanlab, uni amaliyotga joriy etish uchun ko‘p sinov va takliflar ko‘rib chiqildi.
«Adashmasam, 100ga yaqin dizaynlar ko‘rildi. Shaxsiy fikrim sifatida ochig‘ini aytaman, masalan ota sifatida mening nazarimda eng mos va zo‘ri forma tanlandi, deya olmayman. Men xohlardimki, o‘quvchilar trikotaj matodan ishlangan formada yursa, bolalar harakatlanishda qiynalmaydi. Uni yuvib, tozalab kiyaversa bo‘ladi, ko‘ylak va kostyum o‘ziga yarasha parvarish talab etadi», — deydi u.
Raisning ta'kidlashicha, trikotaj matodan tikilgan formalar narx va sifat jihatdan ustun va voyaga yetmagan o‘smirlar sog‘lig‘i uchun salbiy ta'siri yo‘q. Haydarov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli mish-mishlarni inkor etib, maktab formasini joriy etishda kimgadir monopol huquqi berilmaganini ta'kidladi.
«To‘qimachilik sohasida ishlab yurgan korxona vakillari uyushma huzurida tashkil etilgan dizayn markazida o‘qib, malaka oshirdi. Mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va soliq tushumini saqlab qolish uchun hokimlar ham o‘z hududida bo‘lgan tikuvchining ishlashidan manfaatdor edi. Umuman 218ta korxona tanlab olindi. 1,5 million nafar o‘quvchi uchun mato zaxirasi shakllantirildi, 600 ming uchun forma allaqachon tikilgandi. Mato bo‘lsa, undan forma tikish faqat vaqt masalasi. Zaruriyat bo‘lsa, ish 3 smenada tashkil etiladi», — deya ta'kidladi u.
Ilhom Haydarovning ma'lum qilishicha, yagona maktab formasi bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilsa, aholi xarid quvvatiga ham salbiy ta'sir qilmaydi. Shuning uchun uni joriy o‘quv mavsumidan majburiy tatbiq etish masalasi qayta ko‘rib chiqildi.
«Mahsulotlar esa sotiladi, lekin qachon sotilishi jiddiy masala hisoblanadi. Bu soha vakillari katta aylanma mablag‘ga ega emas, barcha uzilishlar tovar tannarxiga o‘tiradi. Bu bevosita raqobatbardoshlikni pasaytiradi. Har bir tadbirkor 6 oy yo 1 yillik biznes rejani tuzib, ish boshlaydi. Albatta, birinchi qaror e'lon qilinganda, eng kamida 200 nafar tadbirkor 5 millionga yaqin maktab formasini tikish bo‘yicha buyurtmani tayyorlashni reja qilgandi. Shuning uchun, ularning noroziligini biz tushunamiz, ularni himoya qilish bizning vazifamiz. Hukumatga turli taklif va yechimlar taqdim etilgan, masalan tikilgan tayyor maktab formalarini davlat zaxirasi uchun sotib olib, tadbirkorlarni moliyaviy inqirozdan qutqarib qolish ham mumkin», — deydi u.
Alisher Ro‘zioxunov
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

19:21 / 09.07.2025
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

14:37 / 17.06.2025
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi

20:32 / 22.01.2025
Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilarga forma uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi

19:00 / 02.09.2024