Klinik o‘lim holatidagi 2 yoshli bolani qutqarib qolgan shifokor «Oramizdagi qahramonlar» loyihasi ishtirokchisiga aylandi 

Jamiyat 17:36 / 20.07.2019 39849

Toshkentdagi klinikalardan birida ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qolgan shifokor “Oramizdagi qahramonlar” loyihasi ishtirokchisiga aylandi.

“Yuksalish” umummilliy harakati vakillari “Oramizdagi qahramonlar” loyihasi doirasida shifokor Sergey Vladimirovich Tobiasga minnatdorlik xatini taqdim etib, harakatga a'zo bo‘lishni taklif etdilar

“S.Tobias kabi toza qalb va qo‘li gul, o‘z ishiga sodiq professionallar atrofdagilarni ham har kuni yaxshilik, savob ish qilishga ilhomlantirib, mamlakatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga turtki bo‘ladilar. Uning harakatlari yana bir bor befarq bo‘lmaslik va doimo yordamga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatdi”, - deyiladi “Yuksalish” harakati xabarida.

Bundan oldin, Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor klinik o‘lim holatida olib kelingan bolaning hayotini saqlab qolgani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: