Jazoir o‘z tarixida ikkinchi marta Afrika Kubogini qo‘lga kiritdi

Sport 08:24 / 20.07.2019 7759

Misrda Afrika millatlari Kubogi yakunlandi.

Finalda Jazoir milliy jamoasi Senegalni kichik hisobda mag‘lub etdi. Yagona gol 2-daqiqada Bag‘dod Bunijah tomonidan urildi.

Natijada jazoirliklar o‘z tarixida ikkinchi (1990, 2019) marta nufuzli musobaqa g‘olibi bo‘lishdi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Nigeriya xuddi shunday hisobda Tunisni yenggan edi.

Afrika millatlari Kubogi
Final
Senegal – Jazoir 0:1 (0:1, 0:0)
19 iyul, «Cairo International Stadium» 
Gol: 0:1 – 2 Bunijah 
Senegal – Gomis, Gassama, Sane, Sabali, Kuyate, Ndiayye (Diatta, 59), Seve (Diane, 75), Sarr, Guyye, Mane, Nyang (Keyta Balde, 85).
Jazoir – Mboli, Zeffan, Bensebayni, Mandi, Benlamri, Mahrez, Gediura, Feguli (Taxrat, 85), Bennaser, Belaili (Braimi, 84), Bunijah (Slimani, 89).
Ogohlantirishlar: Bensebayni (33), Belaili (54), Guyye (79), Gassama (80), Mandi (90), Gediura (90).

Ko‘proq yangiliklar: