Afrika millatlari Kubogi finalchilari ma'lum bo‘ldi

Sport 09:15 / 15.07.2019 10163

Misrda Afrika millatlari Kubogi yakuniga yetmoqda.

Kecha yarimfinal o‘yinlari o‘tkazildi. Senegal milliy jamoasi Tunisni qo‘shimcha vaqtdagi avtogol evaziga mag‘lub etdi.

Jazoir esa so‘nggi daqiqalarda urilgan gol tufayli Nigeriya to‘sig‘idan o‘tib ketdi.

3-o‘rin uchun bahs 17 iyulda, final 19 iyulda o‘tkaziladi.

Afrika millatlari Kubogi
1/2 final

Senegal – Tunis 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)
14 iyul, «30 June Air Defence Stadium» 
Gol: 1:0 – 100, avtogol Bronn. 
Senegal – Gomis, Sabali, Gassama (Vage, 110), Kulibali, Kuyate, Guyye, Seve, Diatta (Sarr, 68), Ndiayye (Sane, 81), Mane, Nyang (Diane, 64).
Tunis – Assen, Xaddadi, Bronn, Merya, Dreger, Sassi (Badri, 105), Ben-Moxamed (Shalali, 82), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 46), Xenissi (Shauat, 117).
Ogohlantirishlar: Xazri (64), Kulibali (73), Sliti (76).

Jazoir – Nigeriya 2:1 (1:0, 1:1)
14 iyul, «Cairo International Stadium» 
Gollar: 1:0 – 40, avtogol Trost-Ekong, 1:1 – 72, penalti Igalo, 2:1 – 90 Marez. 
Jazoir – Mboli, Mandi, Zeffan, Benlamri, Bensebayni, Gediura, Bennaser, Feguli, Marez, Bunedja, Belaili.
Nigeriya – Akpeyi, Kollinz, Trost-Ekong, Omeruo, Avazem, Etebo, Chukvueze (Onekuru, 78), Ndidi, Ivobi, Igalo, Musa.
Ogohlantirishlar: Bunedja (52), Feguli (68), Mandi (71), Avazem (88).

Ko‘proq yangiliklar: