«Andijongaz» hududiy gaz ta'minoti filiali joriy yilda aholiga 45267 tonna suyultirilgan gaz yetkazib beradi

Jamiyat 11:38 / 20.07.2019 3959

«Andijongaz» hududiy gaz ta'minoti filiali aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan muntazam va sifatli ta'minlash borasida o‘z faoliyatini takomillashtirib bormoqda.

Andijon viloyati hududida 366698ta suyultirilgan gazdan foydalanuvchi aholi xonadonlari mavjud bo‘lib, joriy yil davomida jami 45267 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Shundan joriy reja 25115,30 tonnani tashkil qilib, amalda 25697,94 tonna, rejaga nisbatan 582,64 tonna ko‘p (17.07.2019 yil) miqdorda yetkazib berildi.

Ishlab chiqarish zavodlardan ajratilgan suyultirilgan gaz miqdorlarni tashib keltirishda jami 28 dona MAN rusmidagi avtosisternalardan foydalaniladi, shundan 20 donasi filial tasarrufida va qolgan 8 donasi yollanma. Bundan tashqari, ajratilayotgan miqdorlarni o‘z vaqtida tashib keltirishda 27 dona vagon-sisternalar uchun tegishli shartnomalar rasmiylashtirilgan.

Mazkur suyultirilgan gaz hajmlari filial tasarrufidagi 3 dona GTSh (gaz tarqatish shoxobchasi) va 2ta xususiy GTS (gaz to‘ldirish stansiyasi) tashib keltirilib, maishiy gaz ballonlarga to‘ldirilgandan so‘ng maxsus gaz ballon tashuvchi transportlar orqali aholiga yetkaziladi.

Shahar-tumanlarda maishiy gaz ballonlarni tashuvchi maxsus transport vositalari soni jami 77tadan iborat, shundan 57tasi «ISUZU» va 20ta boshqa turdagi avtotransportlar hizmat ko‘rsatadi.

Viloyatning Asaka, Shahrixon va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi GTShlar hududiga maishiy gaz ballonlari sinov markazlari tashkil qilingan bo‘lib, aholi xonadonlarida foydalanishda bo‘lgan maishiy gaz ballonlarni navbatdagi sinovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: