Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘mita mutasaddisi: «Go‘sht narxining qimmatligi bozordagi monopoliya bilan bog‘liq»
Bugun, 19 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutasaddilari OAV xodimlari ishtirokida ochiq muloqot tashkil qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Unda “Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan ma'lumot berildi, shuningdek, jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga qo‘mita mutasaddilaridan javob olishdi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda go‘sht narxining yuqorilab borayotgani masalasida savol berildi.
«To‘g‘risini aytish kerak, go‘sht narxining qimmatligi bu – sohadagi monopoliya bilan bog‘liq jihat. Go‘sht bozorlarini ko‘pchilik qassoblar o‘z shaxsiy monopoliyasiga aylantirib olishgan, tabiiyki, narx-navo ham ular tomonidan boshqariladi. Bunda hatto moliyaviy piramidaning ko‘rinishlarini ham uchratasiz.
Deylik, qashqadaryolik qassob Toshkentdagi «Chorsu» bozoriga kelib hech qachon go‘sht sotolmaydi, monopoliya bunga yo‘l bermaydi», deydi qo‘mita raisi o‘rinbosari Abror Akbarov.
Uning aytishicha, hozirda qo‘mita tomonidan go‘sht narxining shu kabi sun'iy yo‘llar bilan oshirilishiga qarshi bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
«Jumladan, Toshkentdagi bir nechta bozorga 150 ta qo‘shimcha go‘sht rastasini o‘rnatdik. Bu rastalarda barcha viloyatdan keluvchi tadbirkorlar (qassoblar) savdo qilishlari mumkin. Bu tizimni hozir Toshkentda sinovdan o‘tkazmoqdamiz», deydi Akbarov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qiymati 40 mlrd yevrodan oshiq aktivlarni milliylashtirdi
Jahon | 09:07
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘zaro savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazadi
O‘zbekiston | 08:45
-
YeI asosiy xomashyoni zaxiralab qo‘yishga chaqirdi
Jahon | 08:34
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

10:07 / 03.03.2025