Angela Merkel o‘z sog‘lig‘ini shaxsiy masala deb atadi

Jahon 23:11 / 19.07.2019 7460

Germaniya kansleri Angela Merkel o‘z sog‘lig‘iga jamoatchilikning qiziqishini tushunishini, lekin bu mavzuni shaxsiy masala deb hisoblashini aytdi. Bundeskansler sog‘lig‘i haqidagi barcha savollarga javob berib bo‘lgani va uni saqlashdan manfaatdor ekanini qo‘shimcha qilgan. 

Merkel 2021 yilgacha kansler lavozimida qolmoqchiligini ta'kidlab o‘tgan va o‘z vazifalarini bajara olishiga ishontirgan.

“Meni uzoq vaqtdan beri bilasiz, men o‘z vazifalarimni bajara olaman”, deb aytgan Germaniya yetakchisi.

Jamoatchilik 65 yoshli kanslerni rasmiy marosimlarda uch marta titroq bosgandan keyin uning sog‘lig‘i borasida tashvishlana boshlagan. Titroq (tremor) Merkel madhiyalarni tik turib tinglashi vaqtida boshlangan. Ehtimol, shu sababli Merkelning Daniya bosh vazir Mette Frederiksen va Moldova bosh vaziri Mayya Sandu bilan uchrashuvlari bayonnomasi o‘zgartirilib, kansler madhiyalarni o‘tirib tinglagan.

Merkel jamoatchilik bundan tashvishlanmasligi kerakligini aytib kelmoqda. Biroq Xristian-demokratik ittifoqi partiyasida Merkelning muddatdan oldin iste'foga ketishi mumkinligi haqida gapira boshlangan. Shifokorlarning taxminicha, Germaniya yetakchisi ortostatik tremordan aziyat chekayotgan bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: